reklama
bilan ulashing
1. iqt. Muayyan tovar yoki koʻrsatiladigan xizmat turlari haqida xaridorlarni xabardor qilish, ularga nisbatan talab, ehtiyojni yuzaga keltirish yoki kuchaytirish maqsadida ana shu tovar va xizmatlar toʻgʻrisida berilgan maʼlumot.
-
Savdo reklamasi.
-
Marketing konsepsiyasida mahsulotni sotish tadbirlari majmuasida markaziy oʻrinni reklama egallaydi. Iqtisodiy nazariya
-
Oila va jamiyat boshqa gazetalarga oʻxshab reklama qilinmasa ham, xaridorgir, savdosi chaqqon. Gazetadan
-
Reklama oʻz nomi bilan mahsulotni ovoza qilish demakdir. Gazetadan
2. Biron shaxs, tashkilot, narsani ommalashtirish maqsadida ular haqida maʼlumotlar tarqatish.
-
Siyosiy reklama. Gazetaning reklama va eʼlonlar boʻlimi.
-
Tribunalarda shu gap, televizor ekranlari, reklamalarda shu mavzu. E. Oxunova, Ikki okean osha
-
Siz biz bilan hamkorlikda reklama unumdorligiga erishishingizga shubha yoʻq. Gazetadan
3. Shu maqsadda chiqarilgan eʼlon, plakat.
-
Reklama osmoq.
REKLAMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РЕКЛАМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
reklama so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar