rohat
bilan ulashing
1. Estetik zavq yoki orom beradigan narsalardan olinadigan lazzat, huzur, gasht.
-
Sevgisin aytmaslik — qizlar odati, Noz-u karashmasi — yigit rohati. M. Alaviya
-
Kunduzlari issiqdan behol boʻlgan odamlar kechadan rohat kutadilar. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. Huzur-halovat, farogʻat, tinch va fa-rovon hayot.
-
Rohatda yashamoq. Mehnat, mehnatning tagi — rohat. Maqol
-
Mehnatsiz rohat yoʻq. Maqol
-
Endi senlar omon boʻlinglar. Dunyoning rohatini senlar koʻringlar. Oydin, Oltin uzukka olmos koʻz
-
[Puldorlarning] Qornilari toʻq. Bola-chaqalari rohatda, uylarida qazi-qarta qaynaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Rohat (xotin-qizlar ismi).
rohat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Rohat olmoq (yoki topmoq, qilmoq)
-
Kuch, rohat olar edim, Ipak sochlaring silab. Gʻayratiy
-
Avaz har vaqt Sobir akalar singari hunarmand mehnatkashlar gurungidan rohat topadi. J. Sharipov, Xorazm
-
Oʻtirganlar ajoyib ovoz bilan aytilgan lirik ashulani rohat qilib tinglaydilar. T. Obidov, Yusufjon qiziq
ROHAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РОҲАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rohat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar