rol
bilan ulashing
1. Yozuvchi tomonidan pyesa yoki ssenariyda yaratilgan obraz va shunga muvofiq aktyor tomonidan sahnada, ekranda ijro etilgan badiiy obraz.
-
— Hojibekov komediyasini sahnaga qoʻyish oldidan rol taqsimlash paytida menga asar qahramoni Gulchehra roli topshirildi, — dedi Halima. \. Nosirova, Men oʻzbek qiziman
-
Sahnaga chiqqan artist oʻzi ijro etayotgan rolini oxiriga yetkazmaguncha tinib-tinchimaydi. Gazetadan
-
Bosh rolda chiqadigan atoqli artistka parda chetini koʻtarib, zalga moʻraladi. S. Ahmad, Saylanma
2. Aktyorning butun pyesa, ssenariy davomidagi nutqi.
-
Demak, u [Rustamjon] Shokir akaga taqlid qilishdan qochib, rolini oʻzicha talqin etgan. M. Xayrullayev, Koʻngil
3. koʻchma Kimsaning taʼsir koʻlami, biror narsada ishtirok darajasi, tutgan oʻrni; mavqeyi.
-
Tarixda shaxsning roli.
-
Bolalarimizni jamiyatga, mehnatga har taraflama sogʻlom, yetuk qilib topshirishda maktab, shubhasiz, yetakchi rol oʻynaydi. M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi
-
Mutaxassislarning tashkilotchilik rolini butun choralar bilan kuchaytirmogʻimiz kerak. Gazetadan
ROL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan ROL so‘ziga berilgan ma’nolar
rol so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar