rom
bilan ulashing
rom soʻzi qatnashgan jumlalar:
Rom boʻlmoq
-
Buni [Yodgorni] sarkardaning mirzaxonasiga olib bor Soʻngra qayta bu yerga olib kel. To rom boʻlgunicha, bizning uyda xizmat qilib yuradi. S. Ayniy, Doxunda;
-
Agar qiyinchilikdan qoʻrqilmasa-chi, insonga rom boʻlmagan narsa yoʻq ekan. H. Nazir, Vasiyat
-
Menga nima rom kelishini oʻzim ham bilmayman. Oybek, Tanlangan asarlar
Rom qilmoq (yoki etmoq)
-
Sadosiz, faqat sezish mumkin boʻlgan bu kuy allaqanday sehrli qudrat bilan dillarni rom qilardi. F. Musajonov, Bahor nafasi;
-
Marten pechining haybat bilan oʻt sochib, vagʻillab yonishi rom qilingan yoldor sherni eslatadi. Mirmuhsin, Qizil durralar;
-
Sening rejang bilan joʻshqin suvlarni Oqizdik rom qilib hayot bogʻiga. Gʻayratiy
Birovning oʻtmishi va kelajagi haqida goʻyo oldindan aytib berish; fol.
-
Rom ochmoq. Rom koʻrmoq. Romchining romidan oʻzingning xom xayoling yaxshi. Maqol
-
Namozxon yildan-yilga kamayib, machit oʻz-oʻzidan yopilib qolgandan keyin maxsum baʼzan bitta-yarimtaga rom ochish bilan tiriklar xizmatini ham qilib yurar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Ikki kundan keyin aravalarda taxta, eshik va rom, tunuka olib keldilar. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
[Choʻtir xola] Chelakda suv olib chiqib, deraza romlarini, stol-stullarni yuvdi. Mirmuhsin, Umid
-
Bino tomi yangi shifer bilan qoplanib, pol, eshik, romlar yangidan oʻrnatilgan. Gazetadan
Shakarqamishning achitilgan shirasi yoki qiyomidan haydash yoʻli bilan tayyorlanadigan kuchli spirtli ichimlik.
ROM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РОМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rom so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar