rozilik
bilan ulashing
1. Mamnunlik, xursandlik.
-
Yoʻlchi uning har bir soʻzida, ovozida, kulgisida quvonch ham taqdirdan rozilik sezdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Yengil taʼzim bilan [Navoiy podshohga] oʻz roziligini bildirib, tabassum qildi-da, sekingina dedi Oybek, Navoiy
2. Unaganlik, koʻnganlik haqidagi tasdiq javobi.
-
Roziligini olmoq.
-
Sobir, to kampirning roziligini olishguncha, toʻy qilishga jazm qilmadi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Qiz tomon, garchand toʻyni bir yil keyin qilish sharti bilan boʻlsa ham, rozilik beribdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
rozilik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Rozilik tilamoq (yoki soʻramoq)
ROZILIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РОЗИЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rozilik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar