rozi
bilan ulashing
(koʻpincha kesim vazifasida) Mamnun, xursand, shod.
-
U turmushidan rozi. Ota rozi — xudo rozi. Maqol
-
Mirzakarimboy jiyanining ishga tayyorligidan rozi kabi kuldi-da, indamasdan ichkari kirib ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
[Hoji:] Oʻgʻil degan shundoq boʻlsin, otasini rozi qilsin. Koʻp xursand boʻldim. A. Qahhor, Yillar
rozi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Rozi boʻlmoq
-
Niso buvi, nima boʻldi-yu, usta Abdu-\rahmon kishi qoʻyganda, darrov rozi boʻla qoldi. A. Qahhor, Boshsiz odam
-
U rozi boʻlib, xotini, qizi, uch shogirdi va aravakashni olib, najjor Abdulaziz hovlisiga joʻnadi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Lekin bugun ilk marta oʻz erkim, oʻz irodam bilan qilgan xayrli bir ishimdan rozi boʻlib turibman. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Rozi dil yoki dil rozi
-
Rozi dil aytay desam, xilvat qilolmay dogʻman. Muqimiy
-
Bu yozuvlarda menga notanish bir kimsaning chuqur hasrati, dil rozi bor edi. Yoshlik
-
Nuqsoningni aytgan doʻstga dil rozingni izhor etsang arziydi. Gazetadan
ROZI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РОЗИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rozi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar