rukn
bilan ulashing
1. 1 Ustun, kolonna.
2. koʻchma Asos, tayanch.
-
Yusufbek hoji yuqorida oʻtgan gaplarni quruq va asossiz soʻzlamagan, balki shu turmushning rukn va asosini bir daraja aytib oʻtgan, Otabek esa buni shu muhitning bir oʻgʻli boʻlib eshitgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Tasavvufning saxovat, shijoat, sadoqat, muruvvat, himmat, mardlik, insof, hayo ruknlarini oʻzida mujassam etgan Alisher Navoiyning oʻzi ham tom maʼnodagi komil inson edi. OʻTA
3. ad. Aruzda qisqa va choʻziq, oʻta choʻziq boʻgʻinlarning misralarda muayyan tartibda guruhlanib takrorlanishi.
4. Gazeta, jurnallardagi mazmunan yaqin turkum maqolalarning sarlavhasi.
-
Savdogar gazetasi oʻz sahifalarini bundan-da boyitishni, turli-tuman yangi ruknlar ostida materiallar berib borishni oʻz yillik rejasiga kiritdi. Gazetadan
-
Qilmish-qidirmish, Turmush chorrahalarida ruknlari ostida berilayotgan maqolalarni oʻqigan har bir inson yaxshilikka, ezgulikka intiladi. Gazetadan
Islomda eng muhim, har bir moʻmin-musulmon uchun farz sanalgan beshta vazifaning har biri: kalimayi shahodat, namoz, zakot, roʻza va haj ibodati.
RUKN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
РУКН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
rukn so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar