sabr
bilan ulashing
1. Biror holat yoki hodisani bardosh bilan kutish, qanoat qilish; oʻzini tiyish.
-
Sabr tagi — sariq oltin. Maqol
-
Banda deganning sabrdan boshqa chorasi yoʻq. Hamza, Tanlangan asarlar
2. Gʻam-kulfat, azob-musibatlarga chidash, toqat qilish, bardosh berish.
-
— Osonmi, aylanay, — Eʼtibor opa yostiqni Eʼzozxonning biqiniga surib qoʻydi. — Tagʻin ham temir ekansiz. Sabringizga balli, girgitton! H. Gʻulom, Mashʼal
-
Sabr — inson irodasining toji! — dedi Joʻraxon Majidga. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
sabr soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sabr kosasi toʻlmoq
-
Xalqning sabr kosasi toʻldi. S. Siyoyev, Avaz
Sabr qilmoq
-
Sabr qilsang, gʻoʻradan halvo bitar, Sabrsizlar oʻz oyogʻidan yitar. Maqol
-
Zamonaga qarab, yana toʻrt-besh yil sabr qilish zarur boʻlib qoldi. A. Qahhor, Asarlar
Sabri chidamaslik
-
Bir oz orqamni oʻgirib, indamay yotdim, u ham churq etmadi. Sabrim chidamadi, qayrilib qaradim. Oydin, Hikoyalar
-
Barno yoʻq ekan, bir oz kutdi, kelavermagach, oʻtirishga sabri chidamay, idoradan chiqdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
SABR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САБР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sabr so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar