sajda
bilan ulashing
din. Ibodatda yoki sigʻinishda tiz choʻkkan holda peshona va qoʻl kaftlarini yerga tegizish.
-
Shayboniyxon joy-namoz ustida sajdaga bosh qoʻyib, xudoga munojot qilar, koʻzlariga yosh olib, Sharmanda qilma, parvardigor, deb pichirlardi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Boʻta qaytib ot yetaklab chiqqanda, qorovul choponini yerga yozib, sajdaga bosh qoʻygan edi. S. Ahmad, Hukm
sajda soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sajda qilmoq
-
Sevgan odamingga dunyoda tengi yoʻq farishtadek sajda qilasan. S. Karomatov, Oltin qum
-
Shu sodiq bevaga sajdalar qiling, Shu sodiq bevaga aylang ehtirom. A. Oripov;
-
Shu bilan birga, raisga sajda qiluvchi xushomadgoʻylar ham ozmuncha emas. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
SAJDA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САЖДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sajda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar