saraton
bilan ulashing
1. astronomiya (S — katta) Oʻn ikki burjning biri, Javzo va Asad burjlari oʻrtasida joylashgan.
-
Saraton oʻrta kengliklarda kuz, qish va erta bahorda koʻrinadi. OʻzME
2. Shamsiya yil hisobida toʻrtinchi oyning arabcha nomi (22 iyun — 21 iyul davriga toʻgʻri keladi).
-
Saraton kirdi. Birovning ishiga saratonda qoʻl muzlaydi. Maqol
-
Saraton kirmasdanoq Qohirada havo qizib ketadi. Mirmuhsin, Hikoyalar, qissalar
-
Koʻchaga chiqishim bilan saratonning issiq tafti yuzimga gup etib urildi. Gazetadan
-
Saraton chogʻi bu, zarra shamol yoʻq, Tutlar kavagida mudrar gʻurraklar. A. Oripov
3. tibbiy Rak kasalligi; rak.
-
Saraton kasalligi.
4. zool. Daraxt, buta va oʻsimliklarning barg shirasini soʻrib zarar keltiruvchi hasharot turi.
saraton soʻzi qatnashgan jumlalar:
Saratonning sariq kuni
SARATON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САРАТОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan SARATON so‘ziga berilgan ma’nolar
saraton so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
saraton so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing