saranjom
bilan ulashing
1. Hamma ishni tartib bilan, joy-joyiga qoʻyib bajaradigan, tartiblilikni xush koʻradigan, uy-roʻzgʻorini, asbob-anjomini batartib tutadigan, sarishta.
-
Saranjom ayol. Saranjom xodim.
2. Hamma narsa tartibga solingan, joy-joyida, batartib; orasta, ozoda, sarishta.
-
Saranjom hovli.
-
Hamma narsa oʻz yerida, saranjom edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
saranjom soʻzi qatnashgan jumlalar:
Saranjom(ini) olmoq
Saranjom topmoq
-
Hamma ishlar saranjom topgandan soʻng tantana bilan yoʻlga tushishdi. Oybek, Navoiy
-
Otasidan qolgan narsalar allaqachon saranjom topib ketdi.
Saranjom qilmoq
-
Qurbonboy uyni saranjom qilib boʻlgandan keyin hovlida ancha aylanib yurdi. S. Ahmad, Saylanma
-
Hisobchi shu yilning oʻzidayoq kolxozniki oʻnlab qoʻyini saranjom qilib yubordi. Mushtum
-
[Mastura Guljonga:] Matqosimboyni saranjom qilishibdi. Hamza, Paranji sirlari;
-
Bir barra qoʻzi bor edi, ota ho-zir shuni saranjom qilib kirdi. N. Fozilov, Diydor
SARANJOM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САРАНЖОМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
SARANJOM so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan SARANJOM so‘ziga berilgan ma’nolar
saranjom so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
saranjom so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing