savala
bilan ulashing
1. Xivich, qamchi, tayoq, govron kabi narsalar bilan ustma-ust urmoq, kaltaklamoq.
-
Keksa podachi shoʻxlik qilgan mollarni govron bilan savalab, uzun tayogʻini unda-munda qoʻyib ketmoqda. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Ikki navkar ikki tarafdan oʻtkinchini ham, yosh-u qarini ham ayovsiz savalayapti. S. Siyoyev, Avaz
-
— Quloqsiz bolani yaxshilab savalash kerak, — dedi-da, bir koʻzini qisib qoʻydi otasi. Yoshlik
2. Zarba bermoq.
-
Dushmanni savalamoq.
3. Shiddat bilan yogʻmoq, tinimsiz quymoq (yomgʻir, qor, doʻl haqida).
-
Yomgʻir savalagan sayin chang-gʻuborli atrof-javonib tobora musaffolashmoqda, fayziyob boʻlmoqda edi. Yoshlik
-
Uning [Elmurodning] quloqlarini yomgʻir aralash muzdek mayda doʻl savalay boshladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Mashina qayiqday chayqalar, qor old oynani ayamay savalardi. J. Abdullaxonov, Xonadon
4. koʻchma Tanqid qilmoq, kamchiliklarni roʻyirost aytmoq.
-
Uni [Sherzodni] majlisda rosa savalashdi. Oʻ. Hoshimov, Nur borki, soya bor
-
Muxbirlarga rost gapni aytib boʻladimi? Rosa savalashadi [dedi kassir]. Gazetadan
SAVALA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САВАЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
savala so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar