saxiy
bilan ulashing
1. Hech kimdan narsasini ayamaydigan; hotam; hotamtoy; tanti.
-
Saxiy odam. Saxiy topsa, boʻlib yer, baxil topsa, bosib yer. Maqol
-
Saxiy bilan baxil bir quduqdan suv ichmas. Maqol
-
Vaqt-bevaqt birovnikiga bir mehmon kelsa, otini ushlab koʻnglini xushlab joʻnatsa, bul odam— saxiy. Alpomish
2. Kishilardan oʻz yordamini, xizmatini ayamaydigan, gʻamxoʻr; mehribon.
-
Saxiy ustoz.
-
Saxiy pedagog Mehri opa tarbiyalagan yoshlarni respublikamizning hamma joyida uchratish mumkin. Gazetadan
3. koʻchma Tabiiy boyliklarga boy; toʻkin, moʻl; moʻl-koʻl.
-
Saxiy yer. Saxiy yoz.
-
Yer! Qanday boysan, saxiysan, goʻzalsan. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Urushdan qaytgan gʻolib otadek Qoʻni-qoʻnji toʻlib saxiy kuz keldi. Gʻ. Gʻulom
4. koʻchma Nurini ayamay toʻkuvchi; yuqori haroratli (quyoshga nisbatan).
-
Ana, yoʻlning ikkala beti boʻylab saxiy quyosh nurini bearmon emib, yastanib yotgan tokzorlar orqada qoldi. Sharq yulduzi
-
Xazina yer, zilol suv, Yoz boʻyi saxiy quyosh. Gʻayratiy
SAXIY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
САХИЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
saxiy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar