sen
bilan ulashing
1. 1 Oʻzidan kichiklarga yoki yaqin kishilarga murojaat tarzida yoki ularning nomi oʻrnida ishlatiladigan soʻz.
-
Sen menga mana bu xatni oʻqib ber.
-
Sen — Pushkinning sevgan malagi, Sen — Gyote orzu etgan qiz. A. Oripov
-
Sening taningga oʻq ham botmaydi, nayza ham. A. Qahhor, Bos tepkini
2. so‘zlashuv tili (koʻplik shaklida) Tinglovchiga nisbatan mensimaslik, bepisandlik kabi maʼnoni bildiradi.
-
[Fotima:] Hali shoshmay tur, senlarga bir jazo beraylik, boshqa diyonatsizlarga ham ibrat boʻlsin. Hamza, Tanlangan asarlar
3. Jonsiz narsalarga murojaat tarzida yoki ularning nomi oʻrnida ishlatiladi.
-
Ajal, sen nayzangni sanchdingmi chindan Oʻzbek sheʼriyatin pahlavoniga? A. Oripov
-
Ruhimda bir maʼyuslik sokinlik uygʻotganda, Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim. A. Oripov
sen soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sen ye — men ye yoki sen ye — men ye
Sen-u menga bormoq
-
Xuddi shu masala ustida Tojiboy bilan Abdurasul orasida janjal chiqib, ikkovi sen-u menga borib qolishdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
(Hap) senimi!
-
— Koʻraman, kirmaganingni, — dedi Boʻtaboy otlanayotib, — shu qilganingga, senimi! A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
SEN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЕН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sen so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar