semiz
bilan ulashing
1. Etli, toʻladan kelgan; toʻla.
-
Semiz odam.
-
Skameykada yosh bolali ayolning chap yonida oʻtirgan semiz kishi beparvo gazeta oʻqirdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Sakkiz mehmon ichida ikkisi benihoyat semiz edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
[Otabek:] Nega Zaynab semiz-u, Kumush ozgʻin?! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Yaxshi boqilgan, etli; boʻrdoqi; vazndor; yogʻ bosgan.
-
Semiz qoʻy. Semiz goʻsht.
-
Suvonjon avgustning oxirlarida oʻrmon xoʻjaligi punktiga keldi. Uning qoʻlida toʻrtta semiz kakligi bor edi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Sharofatxon bir katta kosada semiz qoʻy goʻshtidan pishirilgan shoʻrvadan keltirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. q. x. Oʻsimlik uchun foydali moddalarga boy, serhosil (yer haqida).
-
Tayyor, semiz yer boʻlsa, 50 sentnerdan hosil olish uncha qiyin emas. Gazetadan
-
Tuproq — semiz, suv — yaqin, havosi ochiq, Quyosh esa yil boʻyi bu yerga oshiq. M. Shayxzoda
4. so‘zlashuv tili Yoʻgʻon, qalin, qappaygan; enli.
-
Semiz kitob.
-
Kechqurun guzarga kirib turing, koʻrasiz. Semiz-semiz sumka koʻtargan xotinlar oʻtaveradi. S. Siyoyev, Otliq ayol
-
Eni bir yarim, boʻyi ikki qarich chamasi keladigan gazetaning ustiga qora, semiz harflar bilan: Turkiston viloyatining gazeti deb yozilgan edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Oldinda sersavlat Moylixon aka, ortida jigarrang diplomat va semiz qogʻoz papka koʻtargan Gʻoyibjon pildirab kelar edi. N. Aminov, Qaltis xato
SEMIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЕМИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
semiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan SEMIZ so‘ziga berilgan ma’nolar
semiz so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar