shakar
bilan ulashing
1. Lavlagi yoki shakarqamish oʻsimligidan sanoat yoʻli bilan olinadigan oq-sargʻish rangli qumsimon shirinlik.
-
Shakar sepilgan qatlama. Shirin soʻz shakardan shirin. Maqol
-
Holva yasamoqqa shakar kerakdir. Bezak ishlamoqqa zargar kerakdir. Yo, Mirzo
2. koʻchma Shirin, mazali, totli.
-
Shakar qovun.
3. koʻchma Kishiga yoqadigan, yoqimli.
-
Tili shakar qiz.
-
Topolmayin yurur yorning oʻzini, Toʻtiyo qiladi shakar soʻzini. Shirin bilan Shakar
4. Shakar (xotin-qizlar ismi).
shakar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Til uchida shakar bermoq
-
Ketma, yorim, ketma, jonim berayin, Tilimni uchida shakar berayin. Qoʻshiqlar
-
Sohib qori, oʻz taʼbiri bilan aytganda, ilonga ham tilining uchida shakar beradigan kishi. I. Rahim, Chin muhabbat
Tilingga shakar
Shakar qop
-
[Qudratning] Boshida mogʻor, eski doʻppi, oldida shakar qopdan tikilgan fartuk badani qoʻlidagi temirday mustahkam. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Shakari ogʻzingizda
SHAKAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАКАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shakar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar