shatirlat
bilan ulashing
1. Shatirlamoq 1 feʼlining orttirma nisbati.
-
Maynaning tasavvurida kiyiklar galasi paydo boʻldi. U tosh, shagʻallarni shatirlatib, hozir yonboshidan yugurib kelishini, ulardan semizginasini otib olishni istadi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Soldat, ofitserlar ertagi jangga tayyorgarlikni koʻra-yotganda — ertalab yomgʻir shatirlatib turgandi. A. Muhiddin, H. Tojiboyev, Otash qalbli qiz
2. koʻchma Biror ish-harakatni shoshilinch ravishda, jadal bajarmoq.
-
Olmalarni shatirlatib uzmoq.
-
Shatirlatib koʻksultonni qirayotgan Turgʻun jim boʻlib qoldi. Oybek, Bolalik
SHATIRLAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАТИРЛАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shatirlat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar