shavkat
bilan ulashing
1. El-xalq ichida qozonilgan katta obroʻ, hurmat; shon-shuhrat, dovruq.
-
Qizini yer-koʻkka ishonmagan onasi bu qizni katta shavkat va dabdaba bilan uzatishni orzu qilardi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Shavkati olamga ketib, Birovlarga qamchi chopib Oysuluv
-
Qaydan keldi bu shavkat, oʻzgʻirlik, peshqadamlik. Mirtemir
2. Salobat, viqor; savlat.
-
Saroyning oʻrtaligida adras koʻrpachalar toʻshalgan shiypon ostida shavkat bilan paryostiqqa suyanib, karvonboshi oʻtirmoqda edi. S. Ayniy, Qullar
3. Dabdaba, tantana, hashamat.
-
Bazm bu-tun shavkati, butun anʼana va odati bilan davom etadi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Shavkat (erkaklar va xotin-qizlar ismi).
SHAVKAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАВКАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shavkat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar