shayton
bilan ulashing
1. din. Odamlarni din yoʻlidan ozdiruvchi, ularni gunohga, jinoyatga, razolatga boshlovchi yovuz ruh yoki yovuz ruhlarning boshligʻi; iblis.
-
Ey ulugʻ shoh, bu yoʻldan qayt, shayton vasvasasiga uchma, keyin pushaymon boʻlib yurma Oltin beshik
-
Boyni ham shayton yoʻldan urgan. K. Yashin, Hamza
-
Ibodat qilmaslik umuman gunoh emas, lekin ibodat qilmagan kishi, shaytonning gapiga kirib qilmagani uchun, gunoh hisoblanadi. A. Qahhor, Qabrdan tovush
-
— Obbo, qizitaloq. Shaytonning domlasi ekan-a! Zakunchilarning koʻpi shunaqa boʻladi, — dedi Tantiboyvachcha papirosini tortib. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Ayyor, quv odam; aldamchi.
-
Anavi magazinchi bor-ku. Oʻlgudek shayton R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
3. koʻchma Shoʻx, oʻynoqi.
-
Qiz bola shayton boʻladi-da, tavba, boʻy-basti choʻzilib, rostdan ham, suqsurdek qiz boʻlibdi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
— Ha, shayton qiz, — dedi Oʻrinboy, — shu yerda ham qoʻymaysan-a? Oy-din, Kelin oʻgʻil tugʻibdi.
-
Bizning Avazga oʻxshagan bitta shaytonrogʻi Yigirma oltinchisi otilmasin! deb qiyqiradi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
shayton soʻzi qatnashgan jumlalar:
Noumid — shayton
-
Diydor koʻrishamiz, noumid — shayton! I. Rahim, Chin muhabbat
-
— Qoʻying, noumid — shayton, — Oyshabonu eriga taskin bergan boʻldi. H. Gʻulom, Mashʼal
Shayton arava
-
Yirtiq-yamoq kiyim bilan oʻsgan oʻgʻillari shayton aravada oʻtib, atrof mahalla bolalarining koʻzlarini oʻynatdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Shayton yigʻisi
-
Ozgina shayton yigʻisi qilmaguningcha, ish oʻnglanmaydi. A. Qodiriy, Uloqda
-
U buni uzatiladigan qizlarning shayton yigʻisi deb tushundi. Oybek, Tanlangan asarlar
Shaytonga hay bermoq
-
[Hayitjon:] Aybmas, xoʻp andisha qilgin, shaytonga hay bergin, bu kunlar ham oʻtar. Hamza, Paranji sirlari
-
Bir toʻpolon chiqazib, obroʻsini uch pul qilay dedim-u, yana shaytonga hay berdim. Mushtum
Shaytoni zoʻr (yoki kuchli)
-
Yana kim bilsin, bu qizlarni! Ularning shaytoni zoʻr boʻladi, deyishadi. I. Rahim, Chin muhabbat
Shaytoni qoʻzimoq
-
[Xolida:| Qoʻl choʻzsa yetguday joyda bekinib yotgan akasi bilan Munavvarni koʻrmadi. Munavvarning shaytoni qoʻzib: — Etagidan tort!, — dedi Yoʻldoshga. S. Anorboyev, Mehr
SHAYTON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШАЙТОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shayton so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar