shikast
bilan ulashing
1. Jismoniy zarar, lat.
-
Shikastni tuzatmoq.
-
[Bektemir] Suyak shikast topmagan sogʻ qoʻl bilan yarani, qiyin boʻlsa ham, puxta bogʻladi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
[Poʻlatjon domla:] Tuvakda bir tup gul oʻstirgan odam shu gulning biron yaprogʻiga shikast yetsa, qanchalik achinadi! A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
2. Narsaning zararlangan, buzilgan, singan, lat yegan joyi.
-
Mashinani qiyalik chetidan olgach, u yoqqa oʻtdi, bu yoqqa oʻtdi, tupurdi, soʻkindi, shikastni topolmadi. A. Muxtor, Tugʻilish
-
Madrasa hujralarining shikasti tuzatilib bitmagani uchun, men koʻp shogirdlar singari, kvartirada turib, qatnab oʻqidim. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
3. koʻchma Ziyon-zahmat, zarar.
-
Arabboy koʻpchilik kulgisidan bir oz izza tortdi. Lekin u obroʻsiga shikast yetgan katta bir shaxs kabi kibrona boʻzardi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Yosh bolalarni oʻz erkiga qoʻyib berish ularning tarbiyasiga jiddiy shikast yetkazadi. N. Safarov, Olovli izlar
SHIKAST so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШИКАСТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shikast so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar