shingil
bilan ulashing
1. Uzum boshining bir qancha donalardan iborat shoxchasi.
-
Bir shingil uzum.
-
Uzum uzsam uzumzordan bir shingil, Asalman der, shirinlikda daʼvosi. S. Abdulla
-
Anvar oʻzidan nariroqqa tushgan bir shingil uzumni olib yedi va bir-ikki gʻujumini hamrohiga uzatdi: — Ma, Raʼno. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. koʻchma kam qoʻll. Biror narsadan qism.
-
Bular — bugungi Eron xalqi hayotiga oid shingil misollar. Gazetadan
-
Mamadali akaning urush yillarida qilgan katta ishlaridan shingillar eshitaylik. R. Rahmonov, Mardlik — mangulik
shingil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir shingil
-
Bu katta ishning bir shingili, xolos.
-
Bu aytganlarim Bekchonovning qilmishidan bir shingil, xolos. Mushtum;
-
Bir shingil ashula eshitsak.
-
Qudrat non, kolbasalarni toʻgʻrarkan, front voqealaridan bir shingil-bir shingil hikoya qilib berdi. Z . Fatxullin, Soʻnmas yulduz
-
Har ikkalovi ham bir-birini bir shingildan chandishib olishdi. H. Shams, Dushman
SHINGIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШИНГИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan SHINGIL so‘ziga berilgan ma’nolar
shingil so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
shingil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar