sheva
bilan ulashing
1. tilshunoslik Umumxalq tilining maʼlum hududga xos tarmogʻi, mahalliy til.
-
Oʻzbek tilining Fargʻona shevasi.
-
Turli shahar va qishloqlardan kelganliklari turlicha kiyim va shevalaridan bilinib turgan yosh-yosh yigit-qizlar konferens-zalning ichi-sirtini toʻldirib yuborgan edi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Oʻz qavmlari va asl oʻzbeklar boʻlmish qamishkapaliklarni [domla]
-
dagʻal nom bilan tahqir qilar va ularning shaharliklarnikidan anchayin farqli boʻlgan sheva tillarini masxaralar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. aynan Til 3.
-
Oʻzbek shevasida sheʼr oʻqilarkan, Qalblarning qaʼrida hislar uygʻonar. Vatan maqtovlari kirib quloqqa, Zal chay-qalar — odam toʻpi toʻlgʻanar. S. Akbariy
-
Afandi demak —
-
turk shevasida muallim demakdir. H. Gʻulom, Mashʼal
3. kam qoʻll. Soʻz.
-
Seni ham domiga tortmoq boʻladi Sevgi deb atalgan bu eski sheva. Gʻ. Gʻulom
-
Bosh egib tonglardan tonglargacha to Vijdon shevasiga tashbih izlaymiz. R. Parfi
1. kitobiy 1 Noz-karashma, ishva.
-
Bir sheva bilan jonon devona qilib ketdi, Aqlimni sochib har yon, mastona qilib ketdi. Hamza
-
Bir qiz keldi sheva bilan, Necha gʻamza, jilva bilan. Nurali
2. Odat, ravish, yoʻsin; qonun-qoida, yoʻl-yoʻriq.
-
Kamtarinlikni, Habibiy, sheva qil, Ham muloyim boʻl momiq parqu kabi. Habibiy
-
Charxi kajraftorning bir shevasidan dogʻmen: Ayshni nodon surib, kulfatni dono tortadur. Furqat
SHEVA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШЕВА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sheva so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar