shu
bilan ulashing
1. Soʻzlovchiga yaqin, uning koʻz oʻngidagi narsani yoki kimsani koʻrsa-tish uchun xizmat qiladi.
-
Shu narsa. Menga shu kitob kerak. Tashabbusni shu brigada boshlab berdi. Mana shu joydan kesing. Menga shu yer maʼqul. Hikoyaning shu yeriga kelganda. gap boʻlindi. Siz shu yerda qoling. Kanal shu yerdan boshlangan. Siz shu yerlikmisiz?
2. “Payt“, “vaqt“, “on“, dam kabi soʻzlar bilan kelganda, soʻz borayotgan narsa, voqea, hodisa va shu kabilarning boshqasi bilan ayni vaqtda, bir vaqtda sodir boʻlganligini ifodalaydi.
-
Shu chogʻgacha. Shu paytgacha. Shu vaqtgacha. Shu damgacha. Shu mahalgacha. Rejani shu oy boʻlmasayam, yanagi oyda bajaramiz. Shu paytda ot kishnab yubordi. Shu vaqtda xoʻroz qichqirdi. Shu onda bir kishi kirib keldi.
-
Naq shu pallada darvozadan katta qora sigir shataloq otib, orqasida bir kishini surib kirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Shu onda ichkaridan oʻz xotinining tovushi eshitildi. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
-
Iskandarovning shu paytgacha razm solmaganini qarang-a. S. Ahmad, Laʼli Badaxshon
3. Oʻzi birikib kelgan soʻz bildirgan shaxs, narsa, vaqt va shu kabilarni alohida qayd etadi, taʼkidlaydi.
-
Nima ish boʻlganini shu odam biladi. Shu qish juda sovuq keldi. Paxta plan i shu bu yil ham bajarilsa, yaxshi boʻlardi. Menga kitob shu bugun kerak. Shu bugundan eʼtiboran darsga qatnashmayman.
-
Shu bu yil mevaga kirgan bir talay shaftoli. olcha, behini kesib, [chol] oʻtin qilipti. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. Kesim vazifasida kelib, shaxs, narsa-hodisa va shu kabilarning aynan shu gap bildirgan narsa ekanini qayd etadi.
-
Xohlasang — shu, xohlamasang — katta koʻcha. Aytadigan gapim — shu. Hozirgi davr talabi — shu. Uning boʻlgan-turgani — shu. Uning maqsadi — shu.
-
[Yormat:] Miting pir urgani —
-
shu. Kishini chaqib qoʻyadi. Oybek, Tanlangan asarlar
shu soʻzi qatnashgan jumlalar:
Shu atrofda
-
Shu atrofda quduq bormi? Bolalar shu atrofda edi.
Shu orada (yoki oʻrtada)
-
Shu orada rais kelib qoldi. Shu orada toʻy ham boʻlib oʻtdi;
-
Sigiringni shu orada oʻtlatib yur! Ketmonni shu orada qoldirgan edim. Shu oʻrtada suv bormi?
-
Shu oʻrtada birdan xoʻjayin borib qoldilar. Oybek, Tanlangan asarlar
Shunda
-
Bilsang: uyim shaharda, Keldim senga saharda, Yur, xoʻp desang agarda, Yo shunda qolasanmu? E. Vohidov;
-
Pechka quraylik, uy shunda isiydi.
Shu qadar
Shu ham ishmi? yoki shu ham ish boʻldimi?
-
Shu ham ish boʻldimi, nega kech keldingiz?
Shundan-shunga
-
Shundan-shunga piyoda keldim.
-
Shundan-shunga men, sen bor, — deb keldim. Muqimiy
SHU so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ШУ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
shu so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar