sirka
bilan ulashing
Sirka kislotaning suvdagi eritmasi — mevalarni konservalashda, ovqatga qoʻshiladigan ziravor sifatida ishlatiladigan oʻtkir hidli, achchiq-nordon mazali suyuqlik (uy sharoitida uzum, olma va shu kabilar shirin mevalarning sharbatidan ham maxsus usulda tayyorlanadi).
-
Uzum sirkasi. Ovqatga sirka solmoq.
-
Ovqatga murch, piyoz, sirka kabilarni qoʻshish, limon suvi yoki nordonroq dorilar berish ishtaha paydo qilishi mumkin. N. Ismoilov, Kasallarni parvarish qilish
-
Toʻlagan engashib, dasturxonning bir chetiga soqolini artdi, don tiqilgan tovuqday boʻynini choʻzib kekirdi, sirka ichganday aftini burushtirib: — Juda toʻydim Azbaroyi xudo! A. Qahhor, Tanlangan asarlar
sirka soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sirkasi suv koʻtarmaydigan (odam)
-
Majlis-da unga: — Sen bola, chuchvarani xom sanab yuribsan. Shoshma hali, joʻjani kuzda sanaymiz. Bu qanaqasi, sirkang suv koʻtarmaydigan boʻlib qopti, — deyishdi. S. Ahmad, Saylanma. Haqiqatda, [
-
Ismoil ota] sirkasi suv koʻtarmaydigan odam. U. Nazarov, Ismoil tajang
Bit tuxumi.
-
Yomondan it yaxshi, Sirkadan bit yaxshi. Maqol
-
Bolaning erkasi — bitning sirkasi. Maqol
SIRKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИРКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sirka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar