sistema
bilan ulashing
1. Ish-harakat, turli jarayon va shu kabilarda qismlarning oʻzaro joylashishi va bogʻliqligidagi tartibot, tizim.
2. Narsa, hodisa va tushunchalarning tasnifi.
-
Linneyning botanik sistemasi.
3. Biror taʼlimotda asos boʻlgan qoidalar, qarashlar, tamoyillar majmui.
-
Dekartning falsafiy sistemasi.
4. Biror ish metodlari, tartib-usullari majmui.
-
Davolash sistemasi. Taʼlim-tarbiya sistemasi.
-
Taʼlim-tarbiya saviyasini oshirishda kabinet sistemasiga oʻtish oʻzining afzalliklarini koʻrsatayotir. Gazetadan
5. Qonuniy tartibda joylashgan va oʻzaro uzviy bogʻlangan qismlardan, elementlardan tarkib topgan butunlik.
-
Tilning tovush sistemasi. Terminologik sistema. Qon tomirlar sistemasi.
-
Maʼlumki, zamin Yer sayyorasi Quyosh sistemasida koinotning bir kichik boʻlagi sifatida paydo boʻldi va taraqqiy etdi. Gazetadan
-
Olimlarning yakdillik bilan aytishlaricha, markaziy nerv sistemasi gʻoyat nozik nerv hujayralaridan iborat. Saodat
-
Elementlar davriy sistemasini yaratgan Mendeleyev universitetga kirish uchun bir necha marta uringan, lekin har safar ximiyadan yiqilgan. Fan va turmush
6. Vazifalariga koʻra bir xil yoki tashkiliy jihatdan bir butun boʻlib birlashgan tashkilotlar yoki muassasalar majmui.
-
Xalq maorifi sistemasi. Fanlar akademiyasi sistemasi.
7. Bir maqsad, ayni bir ish, vazifani bajarish uchun belgilangan moslama, mashina, mexanizm va shu kabilardan tarkib topgan yaxlit texnik qurilma.
-
Isitish sistemasi. Energetik sistema. Sugʻorish sistemasi.
-
Uning tashabbusi bilan bogʻcha gazlashtirildi, qishda bugʻ bilan isitish sistemasiga oʻtkazildi. Gazetadan
8. Biror ishni tashkil etish, uyushtirish yoki amalga oshirish shakli, prinsipi.
-
Saylov sistemasi. Mehnatga haq toʻlash sistemasi.
9. Ijtimoiy tuzum, ijtimoiy qurilish shakli.
10. Meʼyoriy, odatiy, muntazam tusga kirgan, shu tarzda amalga oshadigan ish-harakat, jarayon.
-
Ertalabki gimnastika oʻziga xos sistemaga aylandi.
SISTEMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СИСТЕМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sistema so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing