so‘l
bilan ulashing
1. Oʻsib turgan yoki yangi uzilgan vaqtidagi holatini yoʻqotmoq; shalpaymoq (oʻsimlik haqida).
-
Umid soʻlib, qovjirab qolgan gʻoʻzalar tepasida aylanardi. Mirmuhsin, Umid
-
Qizil gullar aytar: Hech soʻlmagayman, Yomonning qoʻlida xor boʻlmagayman. Qoʻshiqlar
2. koʻchma Gʻam-tashvishdan yoki dard-alam chekib, oʻzini oldirmoq, rangi ketib, quti oʻchib, siniqib, soʻlgʻin tus olmoq; siniqmoq.
-
El bilan boʻlsang — boʻlasan, Eldan chiq-sang — soʻlasan. Maqol
-
Qop-qora koʻzing Yoshlarga toʻlmish. Oy kabi yuzing Yaproqday soʻlmish. Mirtemir, Asarlar
-
Simobdek beqaror, kuch-gʻayrati taniga sigʻmagan oʻt-olov yigit endi soʻlgan, taqdirning bemahal zarbasidan esankirab qolgandi. S. Ahmad, Ufq
SO‘L so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЎЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
so‘l so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar