so‘zli
bilan ulashing
1. Biror miqdordagi soʻzdan tarkib topgan, qanchadir soʻzni oʻz ichiga olgan.
-
Uch soʻzli matn. Oltmish ming soʻzli lugʻat.
2. Biror aniqlovchi bilan birgalikda kelib, shaxsning xarakteri yoki muomalasi qandayligini bildiradi.
-
Shirin soʻzli — shoh kosadan suv ichar. Maqol
-
Toʻgʻri soʻzlining toʻni yirtiq. Maqol
-
Qarilari shirin soʻzli, Juvonlari turfa nozli, Qizlari bor jodu koʻzli. Nurali
so‘zli soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir soʻzli
-
Bir soʻzli bola.
-
[Mulla Madrahim] Mijgʻov gapni yoqtirmaydigan, bir soʻzli bu zahar polkovnikka muddaosini ochiq aytishga majbur boʻldi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
-
Bir soʻzlining yuzi yorugʻ. Maqol
-
Poʻlatov qarshisida bir soʻzli, zukko va qatʼiyatli ayol turganligini bildi. Yoshlik
Oʻz soʻzli
-
Oʻz soʻzli yigit — kun yuzli yigit. Maqol
-
Shu oʻtgan davr uni koʻp narsaga oʻrgatdi: boʻshashgan qishloq qizini oʻz soʻzli, choʻrtkesar qilib qoʻydi. S. Ahmad, Ufq
SO‘ZLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЎЗЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
so‘zli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar