so‘zla
bilan ulashing
1. Ogʻzaki ravishda fikr bayon etmoq; gapirmoq.
-
Oz soʻzla, koʻp tingla. Maqol
-
Koʻp bilgan oz soʻzlar, oz soʻzlasa ham, soz soʻzlar. Maqol
-
Boshingga qilich kelsa ham, toʻgʻri soʻzla. Maqol
-
Soʻzlasang, har kimning oʻz aqligʻa chogʻlab soʻzlagin, Kutmagay ot xizmatin hech kimsa yosh bir toydan. Habibiy, Devon
-
Yigit ular oldida pildirab borarkan, tinmay Azizxon qilayotgan ishlardan soʻzlab borardi. S. Ahmad, Ufq
2. Nutq, maʼruza qilmoq, gapirmoq.
-
Goʻyo ikki navqiron yigit shu bugun boriboq Oʻrtaqoʻrgʻonni zabt etadiganday, baland ruh bilan nutq soʻzladi. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Birinchi kotib yigʻilganlar oldiga chiqib, ozgina soʻzlagandan keyin, oʻtirgan xalqqa qarata ogohlantirishsiz oʻq uzishdi. Fan va turmush
3. koʻchma Ifodalamoq, namoyon etmoq.
-
Bahor tabiat goʻzalligidan soʻzlaydi. Gazetadan
-
Titroq simlar Tamara opamizning bedor tunlari, halovatsiz kunlari, rohat-baxsh lahzalari haqida soʻzlardi bizga. Saodat
SO‘ZLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЎЗЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
so‘zla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar