sodda
bilan ulashing
1. Tuzilishi, tarkibi jihatidan murakkab boʻlmagan, oddiy.
-
Sodda mexanizm. Kimyoviy sodda moddalar.
2. Yechilishi oson, yengil, joʻn.
-
Sodda masala.
-
Teshaboyning hisobi sodda: birga — oʻn! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. Tushunilishi oson, ravon.
-
Maqola ommabop, ravon va sodda tilda yozilgan edi. F. Musajonov, Hikmat
-
Marshal aslida soʻz qidirmasdan, sodda va aniq iboralar bilan gapirsa-da, bu soʻzlarni ohista talaffuz etardi. Gazetadan
4. Ortiqcha bezagi yoʻq, juda ham oddiy.
-
Sodda uy.
-
Soddagina chodirda yolgʻiz yashagan Navoiy dilgir, sertashvish edi. Oybek, Navoiy
-
[Kumush] shu soddagina yasanishdan soʻng ikkinchi tokchada tirogʻlik turgan koʻzgu yoniga bordi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
5. Ortiqcha takalluf yoki quvlik-shumlikni bilmaydigan; oddiy, kamtar, soddadil.
-
Sodda odam.
-
Sherali bu sodda, samimiy qizning bolalarcha xatti-harakatini koʻrib, taajjublandi. S. Karomatov, Oltin qum
-
Sodda xotin erining kuyib-pishib aytgan bu gaplariga astoydil ishondi. Sirni birovga aytmaslikka vaʼda berdi. S. Ahmad, Saylanma
-
Noyib kuldi: — Soddasan, Akbarali! Podsholik hamma vaqt yurtning obroʻli odamlarini himoya qiladi. Obroʻ davlat bilan topiladi, muni bilasan. Choʻlpon, Kecha va kunduz
6. Goʻl, laqma.
-
Sodda siri — tilida, pismiq saqlar dilida. Maqol
-
Men sodda shuning gapiga ishonib oʻtiribman. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
7. Soddalarcha qilingan, yuzaki.
-
Elmurod Tojiboyning sodda va begʻubor mulohazasidan zavqlanib kuldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
sodda soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sodda gap
Sodda kesim
Sodda son
Sodda soʻz
SODDA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СОДДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sodda so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar