surat
bilan ulashing
1. Rassom tomonidan chizilgan tasvir, rasm.
-
Surat solmoq.
-
Tungi bogʻlar suratga oʻxshar, Har bir chiziq aniq va qora. Kunduzi u men kabi yashar, Tunda — qotib qolgan xotira. X. Davron, Bolalikning ovozi
-
Shoirlar surati turibdi qator, Mana bu — Lermontov, mana bu — Furqat. A. Oripov, Yillar armoni
2. Bosma tasvir, kitob, jurnal va shu kabilarda bosilgan rasm, illyustratsiya.
-
Suratlar bilan bezatilgan kitob.
-
Abdurasul oʻqishni bilmasa ham, kitoblarni ishtiyoq bilan varaqlay boshladi va baʼzi bir suratlarga tikildi. P. Tursun, Oʻqituvchi
3. Fotografik tasvir, fotorasm.
-
Surat oldirmoq. Suratga olmoq. Suratga tushmoq.
-
Jamolzoda Gulginaga qarab turdi-da, ichki zavq ila Botirga dedi: — Qara, Botir, Gulginaxonim ohu ila soʻzlashyapti Taassufki, fotoapparatimiz yoʻq, suratga olsak boʻlardi. Yoshlik
-
Yonayotgan bagʻrini qanday qilib sovitsa ekan?! Hech sovitib boʻlmaydi! Devordan Hafizaning suratini olib, burdalasinmi? Mirmuhsin, Umid
4. Tashqi qiyofa, koʻrinish; siymo.
-
Uyqusiz kechalarda Surating koʻz oldimda. Mirtemir, Asarlar
-
Muqbil bir qalandar suratiga kirib, safarga chiqibdi. Ertaklar
5. (oʻrin-payt kelishigi shaklida) Qoʻshma ravish tarkibida keladi.
-
Shoshilinch suratda. Rasmiy suratda. Muntazam suratda.
6. mat. Oddiy kasrda chiziq ustidagi son.
-
Surat va maxraj.
surat soʻzi qatnashgan jumlalar:
Surati odam
-
Buzildim, odamgarchiligim qolmadi, suratim odam, boyvachcha aka, mendan hayvon yaxshi, Oybek, Tanlangan asarlar
Surati qolmoq
-
Ortiqcha mehr qoʻyganidanmi, oʻgʻlining saratondagi chaqmoqdek nogoh qamalib qolishidan Ohistaxon shunaqa qoʻrqib ketdiki, ikki-uch kunda surati qoldi. Shuhrat, Umr pogʻonalari
Baayni (yoki xuddi) surat
-
Baayni surat: kishi ham bunday bejirim boʻlar ekan. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Surat boʻlib (qotib) qolmoq
-
Zulukxon Norqoʻzining turgan yerida surat boʻlib qolganini, yigitning qalbi qoʻrquvga toʻlganini fahmladi. H. Gʻulom, Senga intilaman
-
Shu payt bir hodisa roʻy berdi-yu, bolalarning hammasi surat boʻlib qotib qolishdi. O. Akramxoʻjayev, Koinotning siri
SURAT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУРАТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
surat so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar