sur
bilan ulashing
1. Itarib, bir joydan ikkinchi joyga koʻchirmoq; jildirmoq, siljitmoq.
-
Oriq, koʻzi ichiga tortib ketgan, iyaklari ingichka kelin ayvon taxmonidagi sandiqni nari-beri surar edi. Saodat
2. Yurmoq (shaxmat va shashka oʻyinida).
-
Piyodani surmoq. Filni surmoq.
3. Biror tomonga yoʻnaltirmoq, solmoq.
-
Lashkar surmoq. Karvon surmoq.
-
Ajab, bunda nechun yolgʻiz yuradi, Kim ekan u, kechasi ot suradi? Gulshanbogʻ
-
Gʻirotga men achchiq qamchi urayin, Yov ketindan shu kecha ot surayin. Gulshanbogʻ
4. so‘zlashuv tili Surtmoq, surkamoq.
-
[Nafisa] Ikki qoʻli yorilgan, hadeb glitserin surmoq ham foyda bermasdi. Mirmuhsin, Qahramonnoma
5. Otlar bilan qoʻshma feʼl yasaydi.
-
Davr surmoq, kayf surmoq, xayol surmoq, hukm surmoq.
-
U shildirab oqayotgan ariq ichidan baliqchalar izlab, xayol surayotgan Hafizaga boqib turardi. Mirmuhsin, Umid
-
Ularni kuzatib turgan ona, qizining eng oʻynab-kuladigan, ayollik, onalik baxtini suradigan vaqti oʻqish bilan oʻtayotganiga achinar edi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
Bogʻda gulni tergin endi, Davr-u davron surgin endi. Gulnorpari
sur soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oldinga surmoq
-
Ishni oldinga surmoq.
Orqaga surmoq
-
Akasi qistashini qoʻymabdi, ukasi erta-indin, deb orqaga surishini qoʻymabdi. Ertaklar
Suv surmoq
-
U [Yoʻlchi] yer haydadi, chopiq chopdi, suv surdi, dalaga gung tashidi. Oybek, Tanlangan asarlar
Surib bormoq
-
Haydar, raqibini surib borayotib, chalinib yiqilib tushdi. I. Rahim, Ixlos
Surib ketmoq
-
Tinglovchi esa shu daryo yuzidagi yelkanga oʻxshaydi. Sizlarga koʻchgan xotiralar esa yelkanni surib ketuvchi shamolga oʻxshaydi A. Nurmurodov, Urush bevalari
-
Saman hurkib, kelgan tomoniga — Koʻkorolga surib ketdi! H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Harom pul surib ketadi.
Surib chiqarmoq
-
Qism qorongʻi tushguncha dushmanni oldingi okoplardan surib chiqardi. A. Qahhor, Oltin yulduz
Chetga surmoq
Nasl (yoki suyak) surmoq
Tirnogʻi suribdi
Umr surmoq
Qalam surmoq
-
Navoiy ulugʻ fors shoirlari kabi, sheʼrning hamma shakllarida qalamni jasur surdi. Oybek, Navoiy
SUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar