suron
bilan ulashing
1. Kuchli shovqin, gʻovur-gʻuvur, shov-shuv.
-
Bobur umrining soʻnggi yillarida saroydagi xushchaqchaq suron bilan toʻla bazm-u tomoshalardan sovigan edi. X. Sultonov, Bir oqshom ertagi
-
Suron tinib, hamma yana joyiga oʻtirib boʻlgach, Oshno hech gap aytmaganday, voha rahbariga yuzlandi-da, joʻngina soʻradi M. M. Doʻst, Lolazor
2. harb. Qoʻshinlarning jang maydonida bir-biriga qarama-qarshi turgan yoki hujum vaqtidagi askarlar hayqirigʻi.
3. koʻchma Katta qiyinchilik, azob, mashaqqat.
-
Suronlar yoʻlimda turibdi kutib, Oʻzing qoʻlla endi meni, onajon. A. Oripov, Yillar armoni
-
Balki, oʻz nabiralari quchogʻida osuda hayot kechirayotgandir? Har urush suronlari yodga tushganda, yurakda bir ogʻriq bilan sizlarni eslar? Sharq yulduzi
suron soʻzi qatnashgan jumlalar:
Suron solmoq (yoki koʻtarmoq)
-
Koʻpchilik dam ursa, boʻladi boʻron, Sahroga soladi dahshat va suron. A. Poʻlat
-
Traktorlar suron koʻtarib, yer bagʻrini tilka-pora qiladi. Sharq yulduzi
SURON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУРОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
suron so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar