surma
bilan ulashing
1. Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element, kumushsimon oq, moʻrt metall.
-
Surma koni. Surma rudasi.
-
Surmaning alyuminiy, galliy, indiy bilan hosil qilgan qotishmalari yarimoʻtkazgichlar ishlab chiqarishda qoʻllanadi. OʻzME
2. Tarkibida shu element boʻlgan qoramtir pardoz boʻyogʻi (qosh, kipriklarni boʻyash uchun ishlatiladi).
-
Surma qoʻymoq. Koʻziga surma tortmoq. Oʻsma ketar — qosh qolar, Surma ketar — koʻz qolar. Maqol
-
Salomatning surma tortilgan koʻzlari ola-kula boʻlib ketdi. X. Sultonov, Bir oqshom ertagi
-
Yuzlari xuddi olmaday tarang. Bir juft quralay koʻzi surma bosganday qora, bir qarashi bilanoq yuragimni taka-puka qilib tashladi. Hamza, Tanlangan asarlar
surma soʻzi qatnashgan jumlalar:
Soʻqir koʻzga surma
-
Oʻrmonjon kuldi: — Soʻqir koʻzga surma nima qilasizlar, nima qilasan aldab? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Suriladigan, surilma.
-
Surma qopqoq. Stolning surma yashigi.
SURMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУРМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
surma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar