susay
bilan ulashing
1. Ilgarigi kuchini, shiddatini yoʻqotmoq; sekinlashmoq, pasaymoq.
-
Nusratbekning tashidagi titroq bir oz susaydi, sekin, vazmin, salmoq bilan odimlab ketdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
-
Harsillashlar susayib, tiq etgan tovush ham aniq eshitiladi. Qayerdadir, yer ostida, yumronqoziq nimanidir kemiradi. M. Mansurov, Yombi
-
Nihoyat, chakkasidagi shangʻillash susayib borib, allanarsa jing etdi-yu, quloqlari ochilib ketdi. M. Mansurov, Yombi
2. Shashtidan qaytmoq, ilgarigi gʻayratini, joʻshqinligini yoki qiziqishini yoʻqotmoq; boʻshashmoq, pusmoq.
-
[Kumush] Kundan-kunga Zaynabning susayib, oʻziga begonalashib borganini yaxshi anglar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Kuchini, taʼsirini yoʻqotmoq, kuchsizlanmoq.
-
U [Hakimboyvachcha] yurtdagi tinchsizlikning sababini dinning susayganidan, ulamolarning xalqqa rahbarlik qilmaganidan koʻrdi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Boʻsh qoʻyilganlik natijasida orqaga ketmoq, yomonlashmoq, pasaymoq, boʻshashmoq.
-
Intizom susaydi.
susay soʻzi qatnashgan jumlalar:
Meʼdasi susaymoq
SUSAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУСАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
susay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar