sut
bilan ulashing
1. Odam (ayol) va sutemizuvchi hayvonlarning laktatsiya davrida sut bezlarida ishlab chiqariladigan, yangi tugʻilgan naslni oziqlantiradigan murakkab kimyoviy tarkibli oq rangdagi suyuqlik.
-
Sut bezlari. Bola yigʻlamasa, ona sut bermaydi. Maqol
-
Koʻkragimda sutim deb, Yuragimda oʻtim deb, Enasi shoʻr yigʻlaydi, Qaydasan, Ahmadim, deb. Oysuluv
-
Iskandar yelinning soʻrgʻichdek uchlaridan tiz-tiz otilib chiqib, xurmaga oppoq ipdek pov-pov choʻzilib tusha-yotgan sutga hayrat bilan tikilib qoldi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
2. Sigir, qoʻy, echki va shu kabilar chorva mollarining emchagidan sogʻib olingan shunday suyuqlik (ovqat va mahsulot sifatida).
-
Sigir suti. Yogʻli sut. Sut sanoati. Sut mahsulotlari. Sutdan ogʻzi kuygan qatiqni puflab ichar. Maqol
-
Kechagi chorshanba bozorda bir sigir oldim deng, yegani quruq xashag-u sutiga qoshiq botmaydi — shundoqqina qaymoq. Askiya
-
Oshqozonda hazm boʻlib ketishi zarur boʻlgan dorilarni sut bilan ichish mutlaqo mumkin emas. Fan va turmush
3. Baʼzi oʻsimliklarning tanasi, poyasi yoki hosilidagi oq suyuqlik.
-
Semizoʻtning suti. Dumbul joʻxorining suti,
-
Bir kuni Fayzulla bilan suti qotgan dumbul oʻriklarni terib olib, juftmi-toq oʻynab oʻtirsak, koʻchada birov chaqirganday boʻldi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
sut soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ona suti ogʻziga kelmoq
-
Nainki sen, ishlayversak, bizlarning ham, bil, Ogʻzimizga kelib qolar ona sutimiz. A. Oripov, Yillar armoni
Ona suti ogʻzidan ketmagan
-
Ona suti ogʻzidan ketmagan bola.
Ona sutiday halol (yoki pok)
Oq sutini oqqa, koʻk sutini koʻkka sogʻmoq
Sut bilan kirgan jon bilan chiqadi
-
Maxdum Anvarning biror kambagʻal bilan yozilishib oʻtirganini koʻrsa sut bilan kirgan, jon bilan chiqar, maqoli koʻp toʻgʻri soʻz, deb oʻylar va ensasi qotib, chetga ketar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Sutdan oq, suvdan tiniq
Xom sut emgan banda (yoki inson)
-
Isʼhoq Maxsum bilan Usta Moʻmin ham xom sut emgan banda edilar. Gazetadan
SUT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СУТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sut so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar