taʼqib
bilan ulashing
1. Zimdan, bildirmasdan koʻz-quloq boʻlib kuzatish.
-
Yurish-turishini taʼqib. Taʼqibdan qutulmoq.
2. Erkin harakat-faoliyat koʻrsatishga qoʻymaslik, shu maqsaddagi nazorat, kuzatish.
-
Podsho Ibrohim Sultonga ahli ulamo-yu fuzalo ustidan taʼqibni haddan ziyod qilmaslik, mumkin qadar ularga tegmaslik kerakligini aytdi. Mirmuhsin, Meʼmor
3. Izdan tushmoq, ketidan quvmoq, orqama-orqa bormoq, yurmoq.
-
Uning harakati bir narsadan shubhalanib emas, ammo orqadan dushman taʼqibi boʻlmadimi uchun edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
taʼqib soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taʼqib qilmoq (yoki etmoq)
-
Onasi uning butun harakatlarini taʼqib qilib turardi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Otabek xomush oʻtirar, Hasanali esa uning holini taʼqib etmoqda edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar;
-
Gulsumbibi qizning feʼli-atvorini, yurish-turishini ochiq va bekitgich ravishda uzoq taʼqib etdi. Oybek, Tanlangan asarlar;
-
Uloqni olgan Sodiqjon boyvachcha hammadan oldinda, Sulaymon oqsoqol boshliq qolgan koʻpkarichilar uni quyunday taʼqib qilib kelishardi. K. Yashin, Hamza
-
Joʻraqul doʻstlari bilan dushmanni taʼqib qilib, oldinga siljirdi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
TAʼQIB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЪҚИБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taʼqib so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar