taqdir
bilan ulashing
1. din. Oldindan belgilab qoʻyilgan, peshonaga bitilgan koʻrgilik; yozmish, qismat.
-
Qora taqdir. Shum taqdir.
-
Nima qilardik, bandasining qoʻlidan nima kelardi, taqdir. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
— U ham emas, bu ham emas, — dedi [Kumush], — hammasi xudoning taqdiri! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
2. Kelgusi hayot; kelajak, istiqbol.
-
Avval Adolat oʻz taqdiridan boshqa hech narsani oʻylay olmasdi. Endi boʻlsa u yolgʻiz oʻz taqdirini emas, oʻziga oʻxshagan yuzlab xotin-qizlarning taqdirini oʻylaydi. S. Zunnunova, Gulxan
3. Kelgusi natija, uning nima boʻlishi, qanday ekani.
-
Hosilning taqdiri ana shu zovurlarni har yili, hech boʻlmaganda, yil ora tozalab turishga bogʻliq. Gazetadan
-
Georgiy Sinyavskiy otasi tuzgan loyihaning taqdiri nima boʻlishini bilib berishni iltimos qilibdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
taqdir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Taqdir boʻlib
-
Layloning otasi ham, onasi ham menga oʻrganib qolishdi taqdir boʻlib, Layloning singlisi Masturaga uylandim. M. Qoriyev, Oydin kechalar
Taqdir qilmoq (yoki etmoq)
-
Xudo taqdir qilgan boʻlsa, bu hunarni ham topamiz, — dedi eshon. S. Ayniy, Doxunda
-
Osh oʻxshagan edi. Birinchi oshamdayoq, Mahmud Nigor oyimni taqdir etdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Taqdirga tan bermoq
-
Toʻxta xola oʻzini bosib, koʻz yoshlarini yutib, taqdirga tan berib tura qoldi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Hasratdan, yigʻidan zerikkan fuqaro taqdirga tan bergisi kelmaydi. H. Shams, Oqpadar
TAQDIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАҚДИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
taqdir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar