tag‘in
bilan ulashing
1. Buning ustiga, bundan tashqari, ustiga-ustak; yana,
-
Tagʻin bir-ikki kishi gapirib, yangi rahbardan mamnun ekanliklarini izhor etishdi. N. Aminov, Suvarak
-
Feruzning imosi bilan tagʻin uch-toʻrt sipohi unga shukrona keltirdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Undan keyin tagʻin bir yigʻilishga borishga toʻgʻri keladi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Takror marta; qaytadan, yana.
-
Bir payt burchakdan, oxur tomondan tagʻin shitirlash eshitildi. Sh. Xolmirzayev. Yoʻllar, yoʻl-doshlar
-
Oʻrtada tagʻin soʻzsizlik, oʻngʻaysizlik boshlandi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. yukl. vzf. Taʼkid, hadiksirash kabi maʼnolarni bildiradi.
-
Tagʻin Toshkentdek azim shaharda tannoz qizlardan birontasiga koʻn-gil berib qoʻygan boʻlmasin, degan vahima bosdi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Men seni shashtingdan qaytarib qoʻygan boʻlmay tagʻin A. Muxtor, Opa-singillar
TAG‘IN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАҒИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tag‘in so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar