tashabbus
bilan ulashing
1. Biror ishga boshlovchi, daʼvat etuvchi saʼy-harakat, gʻayrat.
-
Ilgʻorlar tashabbusi bilan boshlangan musobaqa. Tashabbus koʻrsatib ishlamoq.
-
Odamlarda gʻayrat va tashabbus yashnab ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Mayin junli zotli koʻylar urchi-tish ishi oʻz tashabbusimiz bilan qilindi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. Uddaburonlik bilan mustaqil ish olib borish xislati, biror ishda boshchilik, yetakchilik roli.
-
Tashabbusni koʻlga olmoq. Tashabbusni koʻldan berib qoʻymoq.
-
[Elmurod] Bu muvaffaqiyatni toʻla va butunlay koʻlga kiritish uchun, bu ishda koʻproq tashabbus koʻrsatayotgan Gulsumga doimiy taʼsir qilib turish lozimligini hech bir unutmadi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Koʻnglining bir chetida Tashabbusni koʻldan bermaslik kerak! degan eʼtiqodi chinqiradi. P. Qodirov, Uch ildiz
TASHABBUS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАШАББУС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tashabbus so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar