talant
bilan ulashing
1. Yuqori darajali tugʻma qobiliyat; isteʼdod.
-
Birovlarga suykalib emas oʻz mehnati, talanti bilan obroʻ olishi kerak. Mirmuhsin, Umid
-
Noyob talant egasi boʻlgan Yusufjon qiziq oʻz xalqining aziz farzandlaridan biridir. T. Obidov, Yusufjon qiziq
2. Yuksak qobiliyatga, katta isteʼdodga ega boʻlgan shaxs.
-
Bizda yaxshi talantlar juda koʻp.
-
Abdulla Qodiriy, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor kabi tugʻma talantlardan har qancha oʻrgansang arziydi. M. Joʻra, Noshirnoma
3. Yunoniston va boshqalar ayrim qadimgi davlatlarda ogʻirlik va pul oʻlchovi birligi.
-
Qadimgi Rimdagi kumush yombilar bir talant ogʻirligida chiqarilgan. Fan va turmush
TALANT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЛАНТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
talant so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar