talabchan
bilan ulashing
1. Bajarish, amalga oshirishni qatʼiy turib talab qiluvchi, bu yoʻl-da ogʻishmaydigan.
-
U dekanning ish yuzasidan har qanday yaqinlikni yigʻishtirib qoʻyishini, talabchan, qattiqqoʻlligini, hech kimni ayab oʻtirmasligini yaxshi bilardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Oʻrtoq Rahimjonov oʻz kasbiga muhabbat bilan qaraydigan, masʼuliyatni his qiladigan, talabchan agronomdir. Gazetadan
2. Yuksak talablar qoʻyuvchi, yuqori darajani koʻzlab faoliyat koʻrsatishni talab qiluvchi.
-
Rasmning tagiga: Oʻjar shogirddan talabchan ustozga deb yozilgan. Guldasta
-
Talabchan, mehnatkash shoir Hamid Olimjon qisqa umri ichida juda katta madaniy meros qoldirdi. N. Safarov, Olovli izlar
3. Talab jihatdan va baholash saviyasi yuqori.
-
Talabchan kitobxonlar.
-
Bir yilning toʻqqiz kuni filmi talabchan tomoshabinlarimizning yuksak didiga mosdir. Gazetadan
-
Ha, yildan yilga ish salmogʻi ortib boryapti, odamlar esa talabchan boʻlib ketishyapti. Mushtum
4. koʻchma Koʻp talab qiladigan.
-
Bodring issiqsevar, yorugʻsevar va namga talabchan oʻsimlik. Fan va turmush
TALABCHAN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЛАБЧАН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
talabchan so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar