talab
bilan ulashing
1. Qatʼiyat bilan qilingan soʻrov, iltimos.
-
Lekin nima qilsin, rahbarning buyrugʻi, talabi. H. Shams, Dushman
-
Zamira koʻpchilikning talabi bilan oʻrnidan turar ekan, qizil atlas koʻylagining rangi yuziga urganday, qip-qizarib ketdi. P. Qodirov, Uch ildiz
2. Bajarilishi, boʻlishi shart va taqozo etiladigan narsa (narsalar).
-
Oliy oʻquv yurtiga kirish talablari. Standart talablariga javob bermoq.
-
Biroq jangning eng masʼuliyatli paytida ustav talabini bajarish imkoni boʻlmadi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Mantiq talabi shu erur, shohim. S. Siyoyev, Yorugʻlik
3. Ehtiyoj, istak.
-
Uning talabi katta. Madaniy mollarga talab kuchaymoqda.
-
Hozircha u bu hujjat bilan mamlakat talabini qondirishga — maorif frontiga boradi P. Tursun, Oʻqituvchi
4. iqt. Xaridor, isteʼmolchining bozor-da muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi.
-
Muayyan tovarga yoki tovarlar toʻplamiga barcha xaridorlar bildirgan talab yigʻindisi bozor talabi deyiladi. OʻzME
5. so‘zlashuv tili Talabgor, xohlovchi.
-
Talab bormi?U bilan kurashishga talab chiqmadi.
-
Kulich kelib yalab-yalab, Ikki yov urushga talab. Shirin bilan Shakar
6. sifatdosh Otlarga birikib, oʻsha otdan anglashilgan narsani istaydigan, unga muhtoj, talabgor maʼnosini bildiradi (Bunday birikmalarning aksariyati qoʻshma soʻzga aylangan).
-
Suv talab ekinlar. Izoh talab ibora. Chopiq talab gʻoʻzalar.
-
Oʻktamning qovjiroq lablari choytalab edi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Chunonchi, Alpomish, Manas —umr boʻyi tirnoq koʻrmay, farzand talab boʻlib yurgan chol va kampirning oʻgʻillari. Gʻ. Salomov, Tarjima nazariyasiga kirish
talab soʻzi qatnashgan jumlalar:
Talab qilmoq (yoki etmoq)
-
kekirikka ham pora talab qiladigan nafsi nahanglarning kuni bitdi. Mushtum
-
Zamiraning qotillariga oʻlim jazosi berilishini talab qilaman! S. Zunnunova, Gulxan;
-
Shayboniyxon bugun qoʻllamoqchi boʻlgan usul yashin tezligida harakatlanishni talab qiladi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Xalq hayotini gʻoyatda teran tasvirlay bilish muallifdan katta isteʼdod talab etadi. Gazetadan
-
Suyangan farzandim, sen Yodgorjonim, Bolam, talab qilma Aymoq yurtiga. Yodgor
TALAB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЛАБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
talab so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar