tala
bilan ulashing
1. Zoʻrlik bilan yopirilib tortib olmoq, olib qoʻymoq.
-
Qoʻqonni talab, bizning ustimizga qoʻshin tortib kelayotgan Sulton Ahmad mirzo esa bizning podshomiz bilan bir otadan boʻlgan ogʻa-inilar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Talashib-tortishib xarid qilmoq.
-
Yangi kitobni birpasda talab ketishdi.
3. Koʻp boʻlib, birgalashib tashlanmoq, yopishmoq.
-
Arilar talamoq.
-
Bolalar baravariga Rahimni talay boshlashdi. H. Nazir, Yonar daryo
4. Kishi yoki narsaga davomli (takror-takror) hujum qilmoq, shu tarzda yulib-yulqimoq.
-
Huv anavi yalanglikka qaranglar! Unda odamzod suyagi yotibdi. Bechorani qashqir talagan boʻlsa kerak. Mirmuhsin, Meʼmor
5. koʻchma s. t. Qattiq urishib bermoq, yulib-yulqib yopishmoq.
-
Kichkina bir qizchadan dakki yegan ayol Ergashoyni talab berdi. N. Safarov, Oliyaxon Sultonova
6. koʻchma s. t. Tatalamoq, tirnamoq, gʻash qilmoq.
-
[Alisherning] Koʻnglini shubha, gʻazab, pushaymon hislari talar edi. M. Osim, Zulmat ichra nur
tala soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ichini it (yoki ari) talamoq
-
Hamma oʻz ishi bilan band. Birgina Nizomjonninggina ichini ari talayapti. S. Ahmad, Ufq
TALA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТАЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tala so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar