ters
bilan ulashing
1. Asl, meʼyoriy, odatdagiga qara-ma-qarshi holatli; oldning aksi; teskari.
-
Qulahmad oʻzini kibor tutar, odam yuziga boqmay, ters qarab gapirardi. Mirmuhsin, Choʻri
-
Katta hovliga ters boʻlgan panaroq joyda samovar qoʻyish bilan mashgʻul boʻldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Eshakka ters mindirilgan yuziga kuya surkalgan Umaralini koʻrgan Zumrad hushsiz qotib qoldi. Oybek, Ulugʻ yoʻl
2. Qarama-qarshi tomon; teskari.
-
Mohi-roʻy shu koʻyi qachon meni koʻrsa, yoʻlini ters soladigan qiliq chiqardi. S. Siyoyev, Erkaklar ertagi
-
— Hoy, menga qarang, — dedi Yoqutoyim shiddat bilan oynaga ters oʻgirilib S. Anorboyev, Oqsoy
3. Oʻzaro muomala, munosabat va shu kabilarda bir-biri bilan kelishmaydigan; teskari.
-
Maxsum Mirobid bilan ilgari ters boʻlsa, endi apoq-chapoq, ogʻiz-burun oʻpishadi. V. Gʻofurov, Vafodor
-
Shahnoz bilan ters boʻlgandan beri ikki yil oʻtib ketdi R. Rahmon, Mehr koʻzda
4. Xulq-odob, muomalada qoʻpol; qoʻrs.
-
Xulqi ters, ogʻziga kelganini gapiradi, yozadi. A. Muxtor, Chinor
-
Hoji soʻzini tugata olmadi. Hojining ters soʻziga chidolmagan Azizbek vahshiylarcha hayqirdi: — Nima dey-san!? A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
TERS so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕРС so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ters so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar