teskari
bilan ulashing
1. Odatdagi, oʻng, toʻgʻri deb qabul qilingan holatga, yoʻnalish, tuzilish, tartib va shu kabilarga qarama-qarshi boʻlgan; ters.
-
Teskari ish. Boʻluvga teskari amal — koʻpaytiruv. Kepkani teskari kiymoq. Kitobni teskari ushlamoq. Stulga teskari oʻtirmoq. Soʻzni teskari oʻqimoq. Suv teskari oqmaydi.
-
Qoʻlimga tushganida, yuziga kuya surib, eshakka teskari mindirar edim-u, bozorning oʻrtasi bilan haydab, toʻppa-toʻgʻri qozining huzuriga olib borar edim. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Boʻta, quruq choyni nonsiz issiq-issiq hoʻplab, choynakning qopqogʻini teskari yopib, ichiga ikkita oʻn tiyinlikni tashlab, oʻrnidan turdi. S. Ahmad, Hukm
2. Qarama-qarshi tomon, oʻng boʻlgan tomonga qarshi, ters.
-
Uzoq oʻylab turmay, bu kungi Tiktepaning guzarga teskari to-monidan oʻzi uchun bir boshpanoh ochish qaroriga keladi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Men qayoqqa boshlasam, mehmon yurmaydi, teskari tomonga yoʻl oladi. Guldasta
3. Qarama-qarshi, xilof, zid.
-
Agar bironta ish uning \Xushroʻyning\ tilagiga teskari ketsa, shovqin-suronni xuddi boshiga kiyib olar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Kishi koʻrinishda va muomalada bir xil, haqiqatda, ichki jihatdan tamom teskari boʻlib qolishi mumkin. P. Tursun, Oʻqituvchi
4. Aql-odob. ish-faoliyat va shu kabilarda oʻzaro zid, bir-birining aksi boʻlgan, bir-biri bilan kelishmaydigan holatli.
-
Shayxulislomning Ulugʻbek mirzoga ochiqdan-ochiq teskari boʻlib olganini koʻrgan Tarxon yoqasini ushladi. Mirmuhsin, Meʼmor
5. Biror narsaning orqa tomoni, orqasi, astari.
-
Gazlamaning teskarisi. Koʻrpaning teskarisi.
-
Bitta kulchani kaftiga teskari qoʻyib turib, mushti bilan oʻrtasiga urdi H. Gʻulom, Mashʼal
6. koʻchma Bir-biri bilan gaplashmaydigan, arazlashgan.
-
Ular bir-birlari bilan teskari boʻlib qoldilar.
-
Olti oydan beri yuz koʻrishmagan qaynata-kuyov birga ishlashyapti-ya? Bir hisobdan yaxshi boʻpti. Tokaygacha teskari boʻlib yurishadi. R. Rahmon, Mehr koʻzda
teskari soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ishi teskari ketdi
Teskari dunyo
-
Qanday qilay, shunday teskari dunyo ekan. Gʻ. Gʻulom, Tirilgan murda
Toʻnini teskari kiymoq
(Xudo) Yuzini teskari qilsin
-
Yomonning yuzini teskari qilsin.
TESKARI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕСКАРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
teskari so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar