tinim
bilan ulashing
Ishdan, harakatdan xoli vaqt yoki holat; dam, orom.
-
Baʼzi vaqtda, sugʻorish paytlarida, kechalari ham tinim boʻlmas, suvni uzoqdan haydab kelishga toʻgʻri kelar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
tinim soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tinim bermaslik
-
Otinoyi unga [Elmurodga] tong sahardan kechasi allavaqtgacha tinim bermasa ham, qornini hech qachon yolchitmaydi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Umarovning jangchilari dushmanga tinim bermay, izidan quvladilar. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Mana bu qoʻshnimizning bolalari sira tinim bermaydi R. Fayziy, Sen yetim emassan
-
Bu hamma vaqt boshida aylanib, tinim bermay yurgan eski oʻy edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Keyingi kunlarda Yulduzxon Muhiddinning koʻz oldidan nari ketmaydigan, tinim bermaydigan boʻlib qoldi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
Tinim bilmaslik
-
Erta sahardan to qora kechgacha odamlar tinim bilmagan ana shu kunlarning birida Qorabuloq qirgʻogʻidan biri keksa, biri yosh — ikki otliq chiqib kelaverdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Asalari kabi oʻzbek paxtakori tinim bilmaydi. N. Safarov, Olovli izlar
Tinim yoʻq
-
Ustanikida tong yorishgandan qosh qoraygungacha tinim yoʻq — dam bosish, bosqon urish, suv tashib, oʻtin yorish R. Fayziy, Hazrati inson
-
Pristanda hayot qaynaydi. Ish! Hech tinim yoʻq kemachida. E. Rahim, Yangi qadam
Tinim kuni
-
Tinim kuni soqoli oʻsgan Umid erta bilan gastronomga, undan keyin yopgan non olish uchun bozorga kirdi. Mirmuhsin, Umid
Tinim olmoq
-
Uyga qaytganda ham, bir muddat tinim olishga imkon topmadi. Oybek, Navoiy
TINIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИНИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tinim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar