tin
bilan ulashing
1. Loyqa va shu kabilar aralashmalarning choʻkishi natijasida tozalanmoq; tinimoq (suyuqlik haqida).
-
Loyqa suv bir kechada zoʻrgʻa tindi.
-
Kun isib ketdi. Har qadamda xalqob boʻlib yotgan koʻlmaklar yerga singib, ariqlardagi loyqalar tina boshladi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
2. Gard-gʻubor, xira holatdan toza boʻlmoq, tiniqlashmoq, ravshan boʻlmoq.
-
Yuvosh nurlar oʻynaydi, osmon gulday yashnar tobora tinib. Sh. Rahmon
3. Ish, harakatini toʻxtatmoq; dam olmoq.
-
U kun boʻyi tinmadi. Eshak minganning oyogʻi tinmas, Ikki xotinlikning qulogʻi tinmas. Maqol
-
Oʻyinqaroq It tinsa tinadi, qush tinsa tinadi, bu tinmaydi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Xotinlar, qaytaga, Onaxon ishdan tingan paytlarda toʻplanadigan boʻlishdi. A. Muxtor, Opa-singillar
4. Harakati va oʻzi toʻxtamoq, bosilmoq.
-
Ariqda jildirab oqayotgan suv tindi.
-
Boʻron tinardi-yu, hamma yoq sokin boʻlardi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Maktab koridorida kechgacha gʻala-gʻovur tinmaydi. R. Fayziy, Sen yetim emassan
-
Ertalab yomgʻir tingan, havo naqadar muloyim va orombaxsh. J. Abdullaxonov, Oriyat
-
Otishmalar sekin-asta tindi. N. Safarov, Olovli izlar
tin soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ogʻzi (yoki jagʻi, chakagi) tinmoq
-
Qoʻllari etikni ishqalarkan, ogʻzi tinmadi: — Uh, oʻlib boʻldim, qizim! Yolgʻiz qoʻyni haydash — nuqul azob. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Shisha boʻshab, navbat pirojniyga yetgan mahal ham Gʻoyibning jagʻi tinmadi. J. Abdullaxonov, Oriyat
-
Hamma shirin uyquda. Duranbekning qoʻrgʻonidagi boʻribosarning ham chakagi tingan. A. Muhiddin, H. Tojiboyev, Otash qalbli qiz
Koʻzi tinmoq
-
Tinkam qurib, koʻzim tinib, zoʻrgʻa shu yerga yetib yiqildim, singlim. N. Safarov, Hayot maktabi
-
Salimxon qarorni oʻqiyotganda, qoʻllari qaltiradi, koʻzi tinib, boshi aylandi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Uning qoʻl-oyoqlari titrab, oʻtirgan joyida koʻzi tina boshladi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Koʻngli tinmoq
-
Shunday desam, doʻstim koʻngli toʻlar deb, Nima boʻlsa, mendan koʻngli tinar deb, Shul sababdan yoring koʻnglin soʻradim. Murodxon
Oʻzidan tinmoq
-
Salomat toʻgʻrisida bir nima demayman. Shukur, u oʻzidan tinib ketdi. H. Nosirova, Men oʻzbek qiziman
-
Ona, oʻzimdan tinib ketganman, biroq Sening darding qalbimni siqadi har choq. Gʻayratiy
TIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tin so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar