timsol
bilan ulashing
1. Tushuntirish uchun yoki asos, dalil, isbot va shu kabilar sifatida keltirilgan ayrim namuna; misol.
-
Yana timsol: goʻzal adabiyot — ruhiy oziq. A. Qahhor, Sarob
-
Hamjihatlik va haqiqiy birodarlikni hozirgi kunlarda poy-taxtimizda amalga oshirilayotgan buyuk ishlar timsolida ham koʻrib turibmiz. N. Safarov, Olovli izlar
2. Ibrat boʻla oladigan kimsa, narsa; oʻrnak.
-
Doʻstlikning timsoli azali sensan, Shoirlar ilhomi, gʻazali sensan. M. Ikrom
-
Zamonamiz maʼrifatin, donishmandligin Timsolidir ikki qoʻshni respublikamiz. Gʻ. Gʻulom
-
Suq bilan qarasa, hech ajab emas, Chunki sen hurlikning yorqin timsoli. Zulfiya
3. Belgi, ramz.
-
Shoda-shoda koʻsakda gavhar yotibdi Tinchligimiz timsoli kaptar yotibdi. Yo. Mirzo
-
Oloviddin tepaliklarida qurilayotgan dengiz — xalqlar doʻstligining timsoli boʻlib qoladi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
4. Koʻz oʻngida, xayolda, tasavvurda gavdalangan obraz, siymo, koʻrinish, sifat.
-
Oromim ham yoʻqoldi. Kechalari uxlayolmay, toʻlgʻanib chiqa boshladim. Sal mizgʻidimmi, bas, yana koʻz oldimda Yoqutxonning timsoli gavdalanadi. M. Salom, Kechirim
-
Qalblarga timsoling oʻrnat, ey baxshi, Menga ham kuylashni oʻrgat, ey baxshi. X. Saloh, Izlar va hislar
TIMSOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИМСОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
timsol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar