tiniq
bilan ulashing
1. Charchoq, ezilish va shu kabilardan xoli boʻlib, bardam, tetik holatli boʻlmoq.
-
Uxla, uxla, safaring uzoq, tiniqib ol, oʻgʻlim. Oybek, Bolalik
-
Ana shundan keyin bolalarning aqllarigina emas, tanlari ham sekin-sekin tiniqib bordi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
2. Tiniqlashmoq (toʻgʻri va koʻchma maʼnoda).
-
Oʻsha-oʻsha Latofat. Sira oʻzgarmabdi. Tiniqib, xiyol toʻlishibdi. S. Karomatov, Hijron
-
Fransiya, Angliya xotinlari oʻn birgacha uxlashadi, shunda yuzlari yaxshi chiroyli boʻladi, tiniqadi Mirmuhsin, Umid
3. kam qo‘llanadigan, aynan Tinmoq, tinimoq.
-
Ariqchalarning bittasida oppoq sut, bittasida tiniqqan suv bittasida sharob oqmoqda. Fitrat, Qiyomat
tiniq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tiniqib uxlamoq
-
Uyqudan qolibsan, tiniqib uxlab ol, men tezda qaytib kelaman. M. Qoriyev, Oydin kechalar
TINIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТИНИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tiniq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar