topish
bilan ulashing
1. Topmoq feʼlining birgalik nisbati.
-
Bolalar yangi oʻyin oʻylab topishibdi. Uni ishxonasidan topishdi.
2. Uchrashmoq, yoʻliqmoq; bir-birini topmoq.
-
Ot kishnashib topishar, odam — eslashib. Maqol
-
— Bu yogʻi oʻzingga maʼlum, singlim, — xoʻrsinib gapida davom etdi akam, — biz dadam bilan qoʻqqisdan bolalar uyida topishdik. Gazetadan
-
Ikki oʻrtoq ishxonada tasodifan topishib qolishdi, bola-chaqa, qozon-tovoq, sigir-buzoqqacha soʻrashishdi. Mushtum
3. Oʻzaro til topib, kelishib bir boʻlib olmoq, inoqlashmoq.
-
Oʻqituvchi soʻrab baʼzi maktablardan kelishgan vakillar oʻzlariga teggan yosh oʻqituvchilar bilan darrov eski qadrdonlar kabi topishib olishdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Hanifa Namozov bilan oʻz erkicha topishmagan, balki eski urf-odat boʻyicha uni nikohlab, erga topshirgan boʻlsalar kerak. S. Anorboyev, Mehr
topish soʻzi qatnashgan jumlalar:
Til topishmoq
-
Murodjon Nabijonov boʻlsa, quvnoq, kamtar bir yigit ekan. Bir nafasda biz bilan til topishib, doʻstlashib oldi. Gʻayratiy, Uzoqdagi yor
-
Komiljon bu yerdagilar bilan til topishib, ogʻa-iniday boʻlib ketdi. J. Abdullaxonov, Xonadon
TOPISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОПИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
topish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar